Marhabo, Talantlarimiz!
Yurtimizda yosh avlodning iqtidorini ro‘yobga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 10-13 oktyabr kunlari o‘tkazilgan “Marhabo talantlar” Respublika ko‘rik-tanlovida maktabimiz faxrli ishtirok etdi.
Mazkur tanlovda o‘qituvchi Mustafayev Shaxrizod Sobir o‘g‘li o‘zining yuksak mahorati va mehnatsevarligi bilan 3-o‘rinni egalladi. Shuningdek, uning shogirdi — iqtidorli o‘quvchi Ummatov Davronbek Yamin o‘g‘li esa o‘z yo‘nalishida munosib ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ustoz va shogirdning bunday yutuqlari yosh avlodni ijodkorlikka, bilimga va mehnatsevarlikka undaydi.
Biz Mustafayev Shaxrizod Sobir o‘g‘li hamda Ummatov Davronbek Yamin o‘g‘liga kelgusidagi ijodiy faoliyatlarida yanada yuksak zafarlar tilaymiz.
Maktab ma’muriyati nomidan ularni samimiy tabriklab, o‘quvchilarimizga bunday g‘ururli natijalar o‘rnak bo‘lishiga ishonamiz.